Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova Jahon kubogi medali uchun jang olib boradi

Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova Jahon kubogi medali uchun jang olib boradi

Baho:
+ | -

Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi turniri boshlandi. Ayollar dasturida hamyurtimiz Zaynab Dayibekova (22, reytingdagi o‘rni) medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Yuqori reytingi sabab qoraqalpog‘istonlik hamyurtimiz 1/64 final bosqichidan bahslarga qo‘shilmoqda. Afsuski, start olgan barcha yosh vakillarimiz saralashda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 1/32 finalga yo‘l olish uchun Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini (43) mag‘lubiyatga uchratishi kerak.

Zaynab ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, yaponiyalik Norika Tamura (11) hamda italiyalik Eliza Passaro (54) bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Bo‘lajak bahslarda yurtdoshimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:33, 15.01.2022.
O'qildi: 1593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик