Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Manba: Xavi Dembeleni boshqa o‘ynatmaydi. Agar...

Manba: Xavi Dembeleni boshqa o‘ynatmaydi. Agar...

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi vinger Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish uchun bosim o‘tkazmoqda, deya xabar beradi "Foot Mercato".

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi dekabr oyi oxirida e’lon qilingan shartnoma taklifiga fransuzning javobini kutishdan charchagan.

Unga yiliga 20-25 million yevro maosh taklif qilishyapti, biroq yaqinda rahbariyatga futbolchining agenti Mussa Sissoko Usmon yiliga kamida 40 million yevro olmoqchi ekanligini aytdi. Bu "Barselona" uchun imkonsiz miqdor.

O‘sha uchrashuvdan so‘ng "Barsa" bosh murabbiyi Xavi Dembele bilan gaplashdi. Qayd etilishicha, 41 yoshli mutaxassis doimiy ravishda futbolchiga ovozini baland ko‘targan holda gapirgan. Xavi Usmonga taklif qilingan shartlar bo‘yicha shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmasa, "Barsa"da boshqa o‘ynamasligini aytdi.

Shuningdek, Dembele "Barsa"ga yon bermoqchi emasligi xabar qilingan. U o‘z shartlariga ko‘ra "Barsa" bilan shartnomasini uzaytiradi yoki yozda tekinga ketadi.

24 yoshli o‘ng qanot hujumchisi joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:39, 15.01.2022.
O'qildi: 6298 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.