"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
Hujumchi 9, 63 va 74-daqiqalarda gol urdi.
Polshalik futbolchi shu tariqa Bundesligada urgan gollari sonini 300 taga yetkazdi. Faqat Gerd Myullerda undan ko‘proq gol mavjud - 365.
Umuman olganda, 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Bavariya” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, u turnirning 19 uchrashuvida 23 ta gol bilan Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi.