PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma Fransiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Brest"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ha, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Juda qiyin o‘yin, lekin biz o‘zimizning eng yaxshi fazilatlarimizni va o‘yin uslubimizni eng yaxshi tarzda ko‘rsata oldik. Biz yana ochkolarni qo‘lga kiritishda davom etamiz. Mening seyfimmi? Bularning barchasi mashg‘ulotlardan kelib chiqadi. Men juda ko‘p mashq qildim va o‘yinlarda shunday bo‘ldi. Aytganimdek, jamoa menga ishonishi mumkin. Doim o‘yin uchun bor kuchimni beraman. Bizda har qanday daqiqada gol ura oladigan ajoyib jamoa bor, shuning uchun bizning maqsadimiz gol o‘tkazib yuborish emas. Bugun biz muvaffaqiyatga erishdik", - dedi Donnarumma klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.