«Barselona» va jamoa himoyachisi Ronald Arauxo hali yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olishmadi.
22 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomasini yangilamoqchi, biroq u maoshining oshirilishiga umid qilyapti va Premyer-liga jamoalaridan tushgan takliflarni tinglashni istamaydi.
Marca xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilmoqda. Ikkala klub ham futbolchining shartnoma holatidan xabardor va allaqachon qiziqish bildirishgan.