Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bekxem o‘z otasiga kuyovjo‘ra bo‘ldi

Bekxem o‘z otasiga kuyovjo‘ra bo‘ldi

Baho:
+ | -1

2021 yil ham Devid Bekxem uchun unutilmas voqea taqdim etdi - Ang­liya futboli afsonasi dekabr oyi o‘rtalarida o‘z otasiga kuyovjo‘ra bo‘ldi. Ha, katta Bekxem yana uylandi. 73 yoshida! Hozirda Devid va Tedning o‘zaro munosabatlari juda yaxshi. Ammo 20 yilcha oldin hammasi bosh­qacha edi.

2002 yili Devid Bekxemning ota-onasi Sandra va Ted ajrashishdi. Vaholanki, ular 32 yil birga yashashgandi. O‘shanda Devid kutilmagan parokandalikda otasini keskin ayblagandi. Bu masalada opa-singillari ham uni qo‘llab-quvvatlashdi. Beks jumladan, avtobiografik asarida ota-onasining o‘zaro munosabatlariga ham alohida to‘xtalgan: «Otam onamni yaxshi ko‘rardi, lekin unga hech qachon mehr ko‘rsatmagan. O‘zi otam mehrini men ham ko‘rmaganman, opa-singillarim ham. U o‘ta qattiqqo‘l va qo‘pol inson...». Ted Bekxemning o‘zi ham oilaning buzilishi farzandlari uchun kuchli zarba bo‘lganini tan olgandi.

Devid Bekxem shundan ke­yin ma’lum muddat hattoki, otasi bilan aloqani butunlay uzdi. Jumladan, ikki holat ota va o‘g‘il munosabatlarini izdan chiqardi:

1. Devidning «Real»ga o‘tishi. Ted Bekxemning aytishicha, u o‘g‘lining «Real» safiga qo‘shilayotganini TV yangiliklaridan eshitgan.

2. Devidning avtobiografiya­si. Kichik Bekxem unda otasini oshkora tanqid ostiga olgan.

2007 yilga kelib, Devid va Ted yana yarashishdi. O‘shanda katta Bekxem insultga uchragandi. E’tiborli tomoni, Devid noxushlikni eshitgan zahoti Mayamidan darhol Manchesterga qaytdi. U yana 3 yildan keyin otasini maqtashga o‘tdi: «Otamning xastaligi o‘zaro munosabatlarimizni butunlay o‘zgartirdi. Unga nisbatan sabr­li va mehribon bo‘lib qoldim tabiiy ravishda. Endilikda nafaqat otamning nuqtai nazari, balki o‘zini ham boricha qabul qilyapman. Muhimi, 3 yildan buyon tez-tez uchrashib, iliqroq ohangda suhbatlashyapmiz».

Devid va Viktoriya Bekxem 2019 yili Rojdestvoni nishonlash marosimiga Tedni ham taklif etishdi. 2020 yilning mart oyida esa Ted va Xillari Meredit unashtirilganlarini e’lon qilishdi. Meredit kasbi bo‘yicha - huquqshunos. Uning Londonda shaxsiy agentligi ham bor. Britaniya tabloidlari ma’lumotlariga ko‘ra, Meredit xonim millionerlar qatorida. Xullas, Ted Bekxem va Xillari 15 dekabr kuni to‘y maromisini o‘tkazishdi. Tantanali tadbir London markazidagi Midl-Temple hududida tashkillashtirildi. To‘yda Devid Bekxemdan tashqari, Tedning qizlari va 8 nabirasi, shuningdek, Mereditning yaqinlari ishtirok etishdi. Qizig‘i, Devid kuyovjo‘ra rolida ko‘rinish bergan bo‘lsa, Xillari xonimning qizi kelinchak dugonasi bo‘ldi.

Devid Bekxem marosimdan keyin ijtimoiy tarmoqda bu borada alohida post qoldirdi: «Otam va Xillari to‘yini ajoyib kunda birga nishonladik. Butun oila bilan. Bu yoqimli. Otam hamisha yonimda bo‘lgan. Men ham uning yaxshi kunida yonida turganimdan faxrlanaman. Seni yaxshi ko‘raman, otajon».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:15, 17.01.2022.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.