Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Transfer-2021: Kim, qayerda va qancha?

Transfer-2021: Kim, qayerda va qancha?

Baho:
+ | -

FIFA 2021 yil bo‘yicha bir qator muhim hisobotlarni taqdim eta boshladi. Ular orasida transfer hisoboti ham bor. Quyida ushbu hisobotdagi ba’zi e’tiborli nuqtalarga nazar tashlaymiz (O‘zbekistonga oid raqamlar ham yo‘q emas).

18 068 ta. Bu 2021 yil davomida amalga oshirilgan xalqaro transferlar soni (erkaklar professional futbolida). Solishtiradigan bo‘lsak, bu 2020 yildagi raqamdan 5,1% ga ko‘p degani. 2019 yilga nisbatan esa bor yo‘g‘i 12 ta kam transfer amalga oshirilgan. Demak, davom etgan koronavirus pandemiyasiga qaramay bozor tiklanayotgandek ko‘rinadi (xulosaga shoshmaymiz).

4,86 mlrd AQSH dollari — umumiy transfer qiymat ko‘rsatkichi. 2020 yildan 13,6% kamroq, 2019 yildan esa 33,8% kam.

$300 000 — transfer qiymatlarining mediana (o‘rtalik) chizig‘i. Ya’ni, barcha amalga oshirilgan transferlarni yarmi bu summadan pastroq, qolgan qismi esa yuqoriroq tarzda amalga oshirilgan.

Top-10 transfer qiymati 730 mln. dollar ko‘rinishida bo‘lib, bu umumiy qiymatning 15 foiziga tengdir.

7656 ta transferda futbolchining yoshi 18-23 oralig‘ida bo‘lgan va bundagi qiymat - 2,827 mlrd dollarga teng.

Eng ko‘p sotilgan futbolchilar — braziliyaliklar (1749 ta).

Futbolchilarining umumiy qiymati bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich Fransiyada — 643,6 mln. dollar. E’tiborlisi, so‘nggi o‘n yilda ilk bor bu borada Braziliya ustunlikni boshqa mamlakatga berib qo‘ymoqda.

O‘zbekistonga oid raqamlar

FIFA hisobotida o‘zbek futboliga oid transferlar borasida ham ba’zi raqamlar keltirilgan. Masalan, o‘tgan yil tashkilot O‘zbekistonda 160 ta transfer shartnomasini qayd etgan. Bu kammi yo ko‘p, bir narsa deyish qiyin. Mintaqadagi ko‘shnimiz Qozog‘istonda bu raqam 282 ta bo‘lsa, Tojikistonda 80 ta.

Davomi bor.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:40, 17.01.2022.
O'qildi: 3208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.