Italiyalik jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, Diyego Simeone "Atletiko"dan ketishni rejalashtirmayapti.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda Simeone 100 foiz e’tiborini "matraschilar"ga qaratgan. U boshqa jamoalar bilan muzokara olib borgani yolg‘on. Diyego hatto boshqa takliflarni ko‘rib chiqishni ham rejalashtirmagan.
Avvalroq argentinalik mutaxassis MYU bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.