Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan suhbat

O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan suhbat

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Tojikistonning Dushanbe shahrida «CAFA Women's Futsal Championship-2022» musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu borada jamoaga mutaxassis Farruh Zakirov bosh murabbiy sifatida jalb etildi.

Farruh Zakirov futzal olamiga 1997 yilda kirib kelgan. Faoliyati davomida «Politexnik», «Turon soliqchi», «Stroitel-Zarafshon» va «Ardus» kabi jamoalarda to‘p surgan.

2002-2008 yillar oralig‘ida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi safida harakat qilgan. Bahodir Ahmedov, Ravshan Rajabov, Abdulla Bo‘riyev kabi futzalchilar bilan bir qator musobaqalarda jamoamiz sharafini himoya qilgan. Keyinchalik Farruh Zakirov murabbiylik faoliyatini boshlash, sohada tajriba to‘plashga e’tibor qaratgan. Bu borada sohaga oid maxsus ta’limni egallagan, xususan, «Level» I va II lisenziyasini qo‘lga kiritgan.

Farruh Zakirov ayni paytda «Neftchi» futzal klubining bosh murabbiyi hisoblanadi. Jamoa 2017 yili tashkil etilgan. 2018 yili «Neftchi» mavsumni bronza medali bilan yakunlagan. Mazkur jamoada hozirda futzal milliy terma jamoamizning yetakchilaridan bo‘lgan Husniddin Nishonov, Anasxon Rahmatov, Xushnur Erkinov kabi iqtidorli futzalchilar yetishib chiqqan va faoliyat olib borishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Farruh Zakirov murabbiylik bilan bir qatorda mahalliy mutaxassislar uchun tashkil etiladigan maxsus seminarlarda instruktor sifatida ham faoliyat olib boradi.

O‘FA media bo‘limi O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Farruh Zakirovdan jamoaning oldiga qo‘ygan maqsadlari va yaqin kelajakdagi musobaqalar xususida bir nechta savollarga javob oldi.

— O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasiga kelishingiz qanday bo‘lgan?

— 2019 yili CAFA tomonidan U-19 ayollar futzali bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgandi. O‘sha musobaqada ilk bor terma jamoa bilan ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Turnir Tojikistonda o‘tkazilgan va unda 2-pog‘onani qo‘lga kiritgan edik. Shundan keyin ayollar futzali borasida katta ishlarni amalga oshirish boshlandi. Xususan, ko‘plab yirik turnirlar tashkil etilishi belgilandi, unga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Biroq pandemiya hamma rejani o‘zgartirib yubordi. Deyarli barcha musobaqalar bekor bo‘ldi. Yig‘inlar ortga surildi. Shu sababli mazkur jamoani yig‘ish borasidagi ishlarimiz biroz kechikdi.

Yuqorida aytib o‘tganimdek, keyingi yillarda ayollar sporti, ayniqsa futbol va futzalga e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasining bosh murabbiyligiga nomzod sifatida tasdiqlandim. Katta maqsad va rejalar bilan jamoa tuzish boshlandi. Murabbiylar shtabiga bir qancha tajribali va nomdor mutaxassislar, xususan, Rustam Umarov va To‘ychiboy Berdiyevlar jalb etildi. Shuningdek, katta futbolda va futzalda nom qozongan Kamola Usmonova ham bizga yordam beradigan bo‘ldi.

Futzal olamida O‘zbekiston nomi eng yuqori o‘rinlarda qayd etiladi. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda ayollar futzali ham bu yo‘nalishda o‘zining o‘rnini topa oladi.

— CAFA tomonidan tashkil etilayotgan turnirga tayyorgarlik qanday kechdi?

— Birinchi galda men turnir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni aytib o‘tmoqchiman. Chunki ushbu musobaqa hammamiz uchun keyingi yirik turnirlar uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Jamoamizning tayyorgarligiga kelsak, dekabr oyining oxirida yig‘in o‘tkazgandik. Keyinchalik esa yanvar oyida yana mashg‘ulotlarga qaytdik. To‘g‘ri, vaqt masalasida biroz qisqaroq muddatga ega bo‘ldik, lekin, o‘ylashimcha, mana shunday turnirlar barcha uchun kerak va u hammamiz uchun foydali bo‘ladi.

— Musobaqa uchun oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?
— Oldimizga qo‘yilgan vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsam, turnirga yoshlarimizni jalb etganmiz, shu sababli birinchi galda ularning imkoniyatlarini ko‘rib olishimiz kerak. Bu ularning o‘zlari uchun ham juda zarur. Chunki ular turnirdan tajriba orttirib oladilar. Keyinchalik epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, yirik turnirlar boshlansa, bu avvalo, tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Biz esa jamoani shakllantirib borishda davom etamiz.

— Qaysi jamoani o‘zingiz uchun yaqqol raqib sifatida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

— Hozirda qaysidir jamoani o‘zimiz uchun asosiy raqib sifatida ko‘rsata olmayman, chunki, o‘zingiz ham bilasiz, Covid-19 sababli musobaqalar kamayib ketgan. Bu raqiblarimizni imkoniyatini chamalashda biroz qiyinchilik tug‘diradi. Umuman olganda, turnirda oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Ayniqsa, Eron bilan o‘yin juda muhim hisoblanadi. Sababi, bu davlatda ayollar futzali masalasida har bir yosh toifalari uchun ligalar mavjud. Shundan kelib chiqib, jamoa eng kuchli futzalchilari bilan tashrif buyuradi. O‘ylaymanki, ular bilan bo‘ladigan o‘yin bizga katta tajriba beradi.

Biroq aynan qaysidir jamoani mana shu bizning haqiqiy raqibimiz, deb ayta olmayman. Hammada kuch bor, o‘ylashimcha, turnirda jamoalar saviyali o‘yin namoyish qila oladi.

Barcha jamoalarga omad tilayman.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:50, 18.01.2022.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.