Shifokorlar “Yuventus” hujumchisi Federiko Kyeza operasiyasini keyinga qoldirishga majbur, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ertaga futbolchi Insbrugda (Avstriya) operasiya qilinishi kerak edi. Biroq, uning isitmasi chiqqan. U tuzalib ketguncha operasiya kechiktirildi.
24 yoshli italiyalik joriy mavsumda jamoa safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jarohati tufayli u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.