Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" "Lester" yetakchilaridan biri uchun taklif tayyorlamoqda

"Liverpul" "Lester" yetakchilaridan biri uchun taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. "El Nacional" xabariga ko‘ra, "qizillar" futbolchi uchun 40 million yevrolik taklif tayyorlagan.

Oldinroq "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Tilemans jamoani tark etishi mumkinligini tan olgandi.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi “Lester”da 2019 yilning iyulidan beri to‘p suradi. Transfermarkt.com saytida 24 yoshli futbolchining narxi 55 million yevroga baholangan. Uning “Lester” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha tuzilgan.

2021/22-yilgi mavsumda belgiyalik futbolchi “tulkilar” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 22:28, 18.01.2022.
O'qildi: 2811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик