Kataloniyaning “Barselona” jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik faxriy Dani Alves “ko‘k-anorranglilar”ning avvalgi holatiga qaytishiga yordam berish niyatida. Jamoa 2021/2022 yilgi mavsumning birinchi yarmini omadsiz o‘tkazdi.
“Barsa” futbolni va sport tarixini o‘zgartirdi. Biz uni munosib joyga qaytarishga harakat qilishimiz kerak”, - deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” uzoq vaqtdan beri ilk bor guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Bahorda Xavi Ernandes shogirdlari Yevropa ligasida o‘ynashadi.
Ispaniya chempionatida “Barselona” 20 o‘yindan so‘ng bor-yo‘g‘i 6-o‘rinni egallab turibdi.