Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

«Navbahor» Turkiyada ikkinchi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi

«Navbahor» Turkiyada ikkinchi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan “Navbahor” bugun mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi  nazorat-sinov bahsini o‘tkazdi. Bu safar jamoamizga Polshaning “Rakuv” klubi raqib bo‘ldi. Mazkur jamoa o‘tgan mavsumda Polsha chempionatida vise-chempion bo‘lgan, shuningdek, Polsha kubogini qo‘lga kiritgan.

Ayni paytda esa “Rakuv” Polsha milliy chempionatida  3-o‘rinda bormoqda. Qisqasi, “lochinlar”ga bugun Polshaning kuchli klublaridan biri raqib bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda «Navbahor» tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushishdi: Rahimjon Davronov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Boyan Siger, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboyev, Nurillo To‘xtasinov, Jamshid Iskanderov, Elguja Grigalashvili, Andrey Sidorov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Islomjon Abdullaxonov, Xurshidbek Muxtorov, Sherzod  G‘ulomjonov, Mirzohid Mirzamahmudov, Abbosjon G‘ulomov, Islom Kenjaboyev, Shohruh Mahmudhojiyev, Ibrohim G‘anixonov, Sardor Telyakov.

Mazkur bahsda polshaliklar yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Aytish lozimki, jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketishgandi.

“Navbahor” ustozi Samvel Babayan  ushbu o‘yinning 2-bo‘limida yosh futbolchilarni ham maydonga tushirib, ularni sinovdan o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, “lochinlar” Turkiyadagi ilk nazorat bahsini Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 0:0 hisobida durang o‘ynashgandi.    

«Navbahor» Turkiyadagi yig‘inni ertaga yakunlab, yurtimizga qaytib keladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:39, 19.01.2022.
O'qildi: 2232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.