«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya kubogi doirasidagi «Elche»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini malum qildi.
«Bu jiddiy narsa emas, bir necha kunlik noqulaylik. Ishonchim komilki, u yakshanba kunigacha safga qaytadi», - deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Kurtua 21 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yubordi.