Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" "Bunyodkor" akademiyasi sun’iy maydonida "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
2022 yildagi "temiryo‘lchilar"ning ilk o‘yini kichik 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. Uchrashuvda "Bunyodkor" himoyachisi Davron Ergashev o‘z darvozasiga kiritgan gol yagonaligini saqlab qoldi.