Biroz avval yakuniga yetgan "Brentford" "Manchester Yunayted" qarama-qarshiligida qiziq voqea yuz berdi.
Uchrashuv hali o‘z nihoyasiga yetmasidan Ralf Rangnik jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduni almashtirdi. Portugaliyalik futbolchi 71-daqiqada o‘zgartirilganidan norozi bo‘lib, o‘ziga berilgan kurtkani yerga tashladi va zaxira o‘rindig‘i yonidagi zinapoyaga o‘tirib oldi.