Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

AGMK jamoasi yig‘in o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketdi

AGMK jamoasi yig‘in o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun AGMK jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAning Dubay shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 5 yanvar kuni to‘plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi «Tadjiev Start» futbol maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydonda shug‘ullangan jamoamiz tayyorgarlik rejasini uchinchi bosqichini xorijda o‘tkazadi.

Deyarli ikki hafta (20 yanvar - 2 fevral) davomida BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida ikkita nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida darvozabon Valijon Rahimov va tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullayev O‘zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok etayotgani bois qatnashmaydi.

AGMK Dubaydagi «Jebel Ali» sport kompleksiga qarashli mehmonxonaga joylashadi va bugun kunning ikkinchi yarmidan yig‘inga kirishadi.

AGMK klubi matbuot xizmati

Kiritildi: 14:38, 20.01.2022.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик