Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Abduhamid Qodirov: “YOshlar ligasidagi o‘zgarishni ijobiy baholayman”

Abduhamid Qodirov: “YOshlar ligasidagi o‘zgarishni ijobiy baholayman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Ma’lumki, Professional futbol ligasi 2022 yilgi mavsumdan boshlab Yoshlar ligasi musobaqasiga kichik o‘zgarish kiritdi. Endi o‘rinbosarlar o‘rtasidagi uchrashuvlar oldingidek asosiy tarkib bahsidan bir kun avval emas, balki ertasi kuni o‘tkaziladi. Bu o‘zgarish liga o‘yinlariga qanchalik ijobiy ta’sir qiladi? Biz “Bunyodkor U-21” jamoasi bosh murabbiyi Abduhamid Qodirovning fikrlari bilan qiziqdik.
 
- PFL tomonidan 2022 yilgi mavsum uchun ishlab chiqilgan Reglamentdagi o‘zgarishni o‘qidim. Meni xursand qilgan jihat shundaki, PFL Yoshlar ligasiga ham e’tibor qaratishni boshlabdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Chunki o‘zbek futboli yulduzlarining deyarli barchasi katta futbolga qadamni o‘rinbosarlar jamoasi orqali qo‘ygan. Ya’ni, Yoshlar ligasi o‘yinchilarga tramplin vazifasini o‘tab beradi. 
 
- Ta’kidlanganidek, yoshlar ligasida qatnashadigan ayrim jamoalarning maydonlari haqiqatdan ham sifatsiz. Yangi qoidaga ko‘ra, agar maydonning holati talab darajasida bo‘lmasa o‘yin asosiy stadionda o‘tkaziladi. Bu o‘z-o‘zidan futbolchilarning o‘sishiga va albatta musobaqaning saviyasi oshishiga xizmat qiladi. Futbolning rivojida maydonning holati muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas.
 
- Yoshlar ligasi bahsi asosiy jamoalar o‘yinidan bir kun keyin o‘tkazilishi zaxirada qolib ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat yaratadi. Eski holatda yosh iqtidor egasi asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli sababli o‘rinbosarlar o‘yinida ham maydonga tusha olmas edi. Mabodo asosiy tarkibda ham o‘ynamasa futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketardi. Bu o‘z-o‘zidan yosh iqtidorning holatiga salbiy ta’sir qilardi. Endi bunday bo‘lmaydi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan yosh futbolchi ertasi kuni dam oladi. Tabiiyki, uning yoshlar ligasidagi o‘rni boshqa iqtidor bilan to‘ldiriladi. 
Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 20:07, 20.01.2022.
O'qildi: 1457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик