Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Barselona” “Atletik”ga mag‘lub bo‘lib, Ispaniya kubogini tark etdi

“Barselona” “Atletik”ga mag‘lub bo‘lib, Ispaniya kubogini tark etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletik” – “Barselona” uchrashuvi yakunlandi. Bilbaodagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi daqiqadayoq “Atletik” o‘yindagi hisobni ochdi. Gol Iker Munyain hisobiga yozildi. 20-daqiqada “Barselona” Ferran Torresning aniq zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada Inigo Martines yana “Atletik”ni oldinga olib chiqdi. “Barselona” asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Pedrining goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Ekstra taymning birinchi bo‘limi oxirida uchrashuv hakami “Barselona” darvozasiga penalti belgiladi va Munyain uni golga aylantirib jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, “Atletik” Ispaniya kubogining chorak finaliga chiqdi, “Barselona” esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

“Atletik” – “Barselona” - 3:2 (1:1, 1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 2 Muniain, 1:1 – 20 Ferran Torres, 2:1 – 86 Martines, 2:2 – 90 Pedri, 3:2 – 105, penalti Muniain.

Atletik” – Agirresabala, De Markos (Lekue, 105), Martines, Vivian, Berchiche (Balensiaga, 90), Dani Garsiya, Vesga (Nolaskoayn, 117), Raul Garsiya (Berenger, 79), Sanset (Uilyams, 52), Uilyams (Sarraga, 110), Muniain.

Barselona” – ter Shtegen, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, Pedri (Breytueyt, 105), Gavi (de Yong, 61), Dani Alves, Judjla (Fati, 61; Dest, 96), Ezzalzuli (Niko Gonsales, 46), Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (30), Pike (76), Pedri (97), de Yong (104), De Markos (104), Alba (105), Uilyams (119), Muniain (120).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:17, 21.01.2022.
O'qildi: 3789 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик