Kirish Ro'yxatdan o'tish

Azar "Real" uchun mavsumdagi birinchi golini urdi

Azar "Real" uchun mavsumdagi birinchi golini urdi

Baho:
+ | -

"Real" Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Elche"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

115-daqiqada madridliklar yarim himoyachisi Eden Azar jarima maydonchasi tashqarisiga yugurib chiqqan darvozabon Aksel Vernerdan o‘tib, to‘pni bo‘sh qolgan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi.

31 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsumda “Real” safida ilk bor gol urdi. Hozirgacha u La Ligada 13 ta, Chempionlar ligasida 2 ta, Ispaniya Kubogida 1 ta o‘yin o‘tkazgan.

Qayd etish joiz, Azar o‘zining so‘nggi golini o‘tgan yilning sentyabr (5) oyida o‘z terma jamoasi safida JCH-2022 saralashida Chexiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan.

Madridliklar safida 60 ta uchrashuvda belgiyalik vinger 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:28, 21.01.2022.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик