«Valensiya» «Roma» yarimhimoyachisi Amada Diavarani o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubi 24 yoshli gvineyalik futbolchidan qutulishga qarshi emas. U rimliklar ustozi Joze Mourinyo bilan ziddiyatga tushib qolgan.
Transfermarkt Diavarani 10 million yevroga baholamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.