Fransiyaning «Sent-Etyen» klubi himoyachi Elyakim Mangalya bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Fransiya klubining matbuot xizmati xabar bermoqda. Shartnoma yarim yilga - 2022 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Mangalya «Sent-Etyen» klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. U so‘nggi marta «Valensiya» tarkibida to‘p surgandi va 2021 yilning iyul oyida jamoani tark etgandi.
2014 yili «Manchester Siti» Mangalyani «Portu»dan 45 million yevro evaziga sotib olgandi.