Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

WSB kabi turnirlar yana qaytmoqda, endi professional boksdagi 15 ta jangga hech qanday ta’qiq qo‘yilmaydi

WSB kabi turnirlar yana qaytmoqda, endi professional boksdagi 15 ta jangga hech qanday ta’qiq qo‘yilmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ma’lum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida (U-22) Osiyo chempionati start oladi. “Hilton” mehmonxonasida turnirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederasiyasi prezidenti Anas Alotaiba, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, terma jamoa vakillari, OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.

Dastavval, Saken Polatov barcha mehmonlarni mamlakatimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirib, o‘zining iliq tilaklarini yo‘lladi.

“Prezidentimiz va hukumatimiz hozirda yoshlar sportiga alohida ahamiyat qaratmoqda. Qit’amiz tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan bunday yoshdagi Osiyo chempionatini qabul qilish biz uchun sharaf. Bu orqali qit’amizning yosh iqtidor egalariga o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatish uchun yana bir bor imkoniyat berayotganimizdan mamnunmiz. Unda porlagan yosh yulduzlar kelasi yil Toshkentda bo‘ladigan jahon chempionatida ham ishtirok etishlaridan umidvormiz”, – dedi Saken Polatov.

Shundan so‘ng Umar Kremlyov musobaqa ahamiyati, xalqaro federasiyada olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida quyidagicha gapirdi:

“Hozirgi davrda musobaqani koronavirus yo boshqa sabablar bilan bekor qilib yuborish juda oson. Biroq O‘zbekiston tomoni yoshlar uchun berilayotgan bunday imkoniyatni saqlab qolgani va professional darajada tashkil etgani tahsinga sazovor. Bu bevosita davlat rahbari, hukumat va sport mutasaddilarining sog‘lom turmush tarziga berayotgan yuksak e’tiboridan dalolat. Bu kelasi yil Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan oldin yaxshi repetisiya bo‘ladi. Toshkent bu yil Osiyo, keyingi yil jahon boksining poytaxti sifatida e’tiborimizda”.

Anjuman davomida IBA rahbari bokschilar uchun “bronza”, “kumush” va “oltin” statusdagi musobaqalar tashkil etilayotgani, yaqin vaqt WSB kabi boks musobaqalarning boshqacha analoglari yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani haqida gapirdi. Shuningdek, avval professional boksda 15 ta jang o‘tkazgan sportchining havaskor boksga qaytmasligi kabi taqiq butunlay olib tashlangani ko‘pchilik uchun qiziqarli ma’lumot bo‘ldi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:25, 22.01.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик