Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Paxtakor" futzal jamoasi 6-turni mag‘lubiyatsiz yakunladi

"Paxtakor" futzal jamoasi 6-turni mag‘lubiyatsiz yakunladi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futzal jamoasi oliy liga 6-turida AGMK va "Lokomotiv" kabi kuchli jamoalar bilan to‘qnashib, mag‘lubiyatga uchramadi.

Dastlabki bellashuvda "Nasaf" bilan to‘qnash kelgan Shuhrat Toshmedov shogirdlari keskin kechgan bahsda 5:3 hisobida zafar quchishdi. O‘yin oxirlarida Feruz Faxriddinov va Konstantin Sviridov tomonidan urilgan gollar jamoamizga g‘alaba keltirdi.

Ikkinchi bahsda tur mezboni AGMKga qarshi uchrashuvda futzalchilarimiz iroda ko‘rsatishdi. Hisobda ikki to‘p farqi bilan ortda borgan jamoamiz ikkinchi bo‘limda muvozanatni tikladi. Muhammad Zoirov, Sherzod Mustafoyev va Konstantin Sviridov raqib darvozasiga kiritilgan to‘plar muallifi bo‘ldi.

Uchinchi bellashuvda "Lokomotiv" bilan 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. Bu safar ham Sviridov o‘yin oxirida gol urib, jamoamizga bir ochko taqdim etdi. 16 bahsda 33 ochko to‘plagan "Paxtakor" turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

"PAXTAKOR" - "NASAF" - 5:3 (3:2)
Gollar: Zoirov 4, 16, Faxriddinov 9, 36, Sviridov 38 - Halimov 2, Polvonov 19, 23.

AGMK - "PAXTAKOR" - 3:3 (2:1)
Gollar: Abdurahmonov 2, Abduvaliyev 9, Ibrohimov 27 - Zoirov 19, Mustafoyev 27, Sviridov 30.

"LOKOMOTIV" - "PAXTAKOR" - 2:2 (1:0)
Gollar: Zoirov 10-avt, Usmonov 38 - Mojayev 27, Sviridov 40.

Manba: Пахтакор матбуот хизмати
Kiritildi: 15:57, 22.01.2022.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик