«Atletik» rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jamoaning 29 yoshli ispaniyalik futbolchisi Iker Munyainda koronavirus aniqlangan.
Xabar qilinishicha, hozir yarimhimoyachi o‘zini yaxshi his qilmoqda, u o‘zini izolyasiyaga olgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Ispaniya La Ligasida Munyain 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.