Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Boks. Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladik

Boks. Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladik

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha qit’a birinchiligi start oldi. Quvonarlisi, musobaqani hamyurtlarimiz chiroyli g‘alaba bilan boshlashdi.

Bugun bellashuvlar boshlanishidan avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederasiyasi prezidenti Anas Alotaiba, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov so‘z olib, bugungi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramay musobaqani tashkil etishda har tomonlama yordam bergan hukumatimizga minnatdorchilik bildirishdi va ishtirokchilarga omad tilab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda san’atimizning taniqli vakillari kuy-qo‘shiqlari, raqslari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Marosim yakuniga yetgach, qizg‘in bellashuvlar ham boshlanib ketdi. Bugun -67 kg vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev bokschilarimiz orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Saudiyalik raqibiga qarshi jang qilgan Javlonbek muxlislarimizga chiroyli g‘alaba taqdim qildi va keyingi davraga yo‘l oldi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 22:09, 22.01.2022.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик