"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich o‘zini "Yuventus"da sinab ko‘rmoqchi.
Futbolchi hafta yakunida jamoa raxbariyati bilan uchrashuvda o‘zining qarorini ma’lum qilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, u yanvar oyidayoq klubni tark etishi mumkinligini ham aytgan.
Avvalroq, "byankoneri" mutasaddilari serb futbolchisi uchun 35 million yevro va Deyan Kulushevskini taklif qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.