Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APL. Konte «Chelsi»ni mag‘lub etishga urinib ko‘radigan sakkizinchi murabbiy yoxud bugungi markaziy o‘yin haqida faktlar

APL. Konte «Chelsi»ni mag‘lub etishga urinib ko‘radigan sakkizinchi murabbiy yoxud bugungi markaziy o‘yin haqida faktlar

Baho:
+ | -

 Bugun 23-turning markaziy uchrashuvi - «Chelsi» hamda «Tottenxem» o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.

Bilasizmi?

«Chelsi» sobiq bosh murabbiylarining hech biri APL doirasidagi "Stemford Bridj"da o‘tkazilgan uchrashuvlarda «aristokratlar»ni mag‘lub eta olishmagan (7 durang, 13 mag‘lubiyat). «Shporlar» ustozi Antonio Konte ushbu ishni amalga oshirish uchun harakat qilib ko‘radigan 8-murabbiyga aylanadi.

Bunga qadar Joze Mourinyo, Rafael Benites hamda Karlo Anchelotti - «Chelsi»ning oxirgi 3 bosh murabbiylari londonliklarni birinchi urinishda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

«Chelsi» Angliya chempionatida «shporlar»ga qarshi oxirgi 6 o‘yinning beshtasida g‘alaba qozongan (1 durang). Mazkur davrda besh o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga ham muvaffaq bo‘lgan.

«Shporlar» ketma-ket beshta London derbisida mag‘lub bo‘lganidan keyin, oxirgi ikki to‘qnashuvda g‘alaba qozonishga erishgan. Ular oxirgi marta 2018 yilning fevral-noyabr oylarida 7 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyani qayd etishgan.

«Chelsi» London derbilarida 271 APL o‘yinida 498 ochko jamg‘arishga erishgan. Bugungi g‘alaba ularni musobaqada 500 ochkoli marrani zabt etgan birinchi jamoaga aylantiradi.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Li Bitts, Konstantin Xatzidakis

Zaxira hakami: Endi Medli

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Adam Nyunn

 

Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Kepa, Aspilikueta, Silva, Ryudiger, Alonso, Jorjinyo, Kante, Maunt, Ziyesh, Lukaku, Verner

Tottenxem - Lyoris, Sanches, Dayer, Devis, Royal, Regilyon, Skipp, Uinks, Xoyberg, Moura, Keyn

«Chelsi» «Tottenxem»ga qarshi bugungi o‘yin oldidan bir qancha yo‘qotishlarga uchragan. Ularning aksariyati himoyachilar. Andreas Kristensen koronavirusga chalingan bo‘lsa, Ben Chiluell, Ris Jeyms va Trevo Chaloba jarohati bois maydonga tusha olishmaydi. Eduar Mendi Senegal terma jamoasi bilan Afrika kubogida ishtirok etmoqda.

Tomas Tuxel bu vaziyatda 4-2-2-2 sxemasidan foydalanishi mumkin. Bu avvalgi Liga kubogi o‘yinida, aynan «Tottenxem»ga qarshi bahsda yaxshi ish bergandi. «Brayton»ga qarshi o‘yinga nisbatan bir o‘zgarish bo‘lishi va Timo Verner belgiyalik pozisiyadoshi Romelu Lukaku bilan tandemda o‘ynashi kutilmoqda.

«Tottenxem» safida Erik Dayer safga qaytdi, ammo Son Xyon Min va Kristian Romero qishki tanaffus tugaganidan keyinga qadar qayta olishmaydi. Mett Doerti ham maydonga tushmasligi va uning o‘rnini Royal to‘ldirishi mumkin.

 

Raqamlar

«Chelsi» APL doirasidagi oxirgi 6 uchrashuvning beshtasida durang natija qayd etgan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Tottenxem»ga qarshi so‘nggi 14 uy uchrashuvining 12tasida kamida ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Tottenxem» bilan oxirgi 12 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Tottenxem»ga qarshi oxirgi 6 uchrashuvning beshtasida darvozasidan to‘p olib chiqmagan.

«Tottenxem» APL doirasidagi so‘nggi 9 bahsida mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

Tomonlar Angliya chempionatida o‘zaro 59 marta to‘qnash kelishgan. Shulardan 32 tasida «Chelsi», yettitasida «Tottenxem» g‘alaba qozongan. 20 o‘yinda g‘olib aniqlanmagan.

Jamoalarning APLdagi so‘nggi to‘qnashuvida «Chelsi» mehmonda 3:0 hisobida «Tottenxem»dan ustun kelgandi.

Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:21, 23.01.2022.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.