Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Balotellidan «kambek»

Balotellidan «kambek»

Baho:
+ | -

Muxlislarning e’tiboridan chetda qolgan Mario Balotelli terma jamoaga qayta chaqiruv oldi. U Turkiya chempionatida Manchinini hayratda qoldirmoqda. Bunga uning o‘yinlarda munosib ishtirok etayotgani va muhim gollarni kiritayotgani sabab bo‘lmoqda.

Mario klub miqyosida balki «Nyukasl»ga o‘tishi ham mumkin. 2021/22 yilgi mavsumni u yuqorida ta’kidlanganidek, Turkiyada o‘tkazyapti. U yozda u Italiyaning «Monza» klubidan «Adana Demirspor»ga transfer bo‘ldi. Hozir hammasi juda yaxshi ketmoqda: 21 uchrashuvda 9 gol va 5 golli uzatma. Hatto Roberto Manchini ham uning bu o‘yinidan hayratda qolgan.

Mario Italiya bilan yanvardagi yig‘inda qatnashishi mumkin. Manchini hamon unga ishonmoqda.
Insayder Fabrisio Romano Balotelli 2018 yilning sentyabridan beri ilk bor milliy terma jamoaga chaqirilganini malum qildi. Hujumchi jamoa bilan yanvar oyidagi yig‘inga boradi, u yerda italyanlar Shimoliy Makedoniyaga (24 mart) qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishadi. Manchini 2021 yilning sentyabrida Marioga umid qilayotganini aytgan edi: «Men Balotellini yoshligidan yaxshi bilaman. U ajoyib texnikaga ega futbolchi bo‘lgan va hozir ham shunday. Uning 31 yoshda ekanligi hech qanday ahamiyatga ega emas, shuning uchun u o‘zining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lishini kutyapman. Albatta, Mario oxirgi 5-6 yil davomida o‘zini to‘liq ko‘rsata olmagani uni tanigan har bir kishini xafa qiladi.

Marioning terma jamoadagi xizmatlarini qisqacha eslaylik: 36 o‘yinda u 14 ta gol urdi, ulardan ikkitasi ayniqsa ajoyib ko‘rinishda. Bu, albatta, nemislarga qarshi Yevro-2012 yarimfinalidagi dubl. To‘g‘ri, ular baribir kubokni qo‘lga kirita olishmadi: finalda italiyaliklar Ispaniyadan mag‘lub bo‘lishgan (0:4).

Turkiyada Balotelli xeyterlaridan qasos olmoqda va bundan zavqlanyapti. U shu orqali «Nyukasl»ni o‘ziga tortmoqda. Bu mavsum Mario nafaqat munosib gollar urmoqda, balki kulgili hikoyalarga ham aralashib qolyapti. Xususan, 2021 yilning sentyabr oyida Balotelli «Beshiktosh» bilan to‘qnash keldi: u uchrashuvda gol urdi va o‘sha paytdagi raqib murabbiyi Sergen Yalchindan o‘ch olishga qaror qildi. Gap shundaki, 10 yil oldin bu inson Marioni «aqlsiz» deb atagandi. Balotelli «Beshiktosh» zaxira o‘rindig‘iga yugurdi va Yalchinga kutilmaganda imo-ishoralar qilishni boshlab yubordi.

Dekabr oyida Mario golni nishonlayotgan jamoadoshining boshiga zarba berdi. 21 yoshli Yunus Agyun dubl qayd etgan bahsda u «Galatasaroy» ustidan g‘alaba keltiruvchi golga mualliflik qilgan. O‘yindan so‘ng italiyalik futbolchi Instagramida Agyunni maqtab: «Bravo, bolam» deb post qoldirdi va bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi.

Hozirda Balotellini nafaqat terma jamoaga, balki APLga ham qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Insayder Nikolo Skiraning fikricha, 31 yoshli hujumchiga «Nyukasl» qiziqish bildirgan. Tomonlar allaqachon ehtimoliy transfer bo‘yicha aloqada bo‘lib turibdi. Bu aqlbovar qilmas xarid bo‘lib chiqishi mumkin. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 23:26, 23.01.2022.
O'qildi: 3915 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик