Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

APL. «Liverpul» «Manchester Siti»ning qoqilishidan unumli foydalandi (sharx)

APL. «Liverpul» «Manchester Siti»ning qoqilishidan unumli foydalandi (sharx)

Baho:
+ | -

«Liverpul» "Manchester Siti"ning qoqilishidan unumli foydalandi


Angliya Premyer-Ligasi 23-turida «Liverpul» safarda "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ldi va "Manchester Siti"ning «Sautgempton»da ochko yo‘qotishidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Yurgen Klopp jamoasi o‘yinni tezkorlik bilan boshladi va 32-daqiqaga kelib ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi.

Gollarning ikkalasiga ham Endryu Robertson hammualliflik qildi. Dastlab Virjil van Deyk burchakdan uzatmani golga aylantirgan bo‘lsa, keyinchalik Aleks-Oksleyd Chemberleyn to‘p uzatmasini o‘ziga bo‘ysundirgan holda darvozani ishg‘ol qildi. 


«Pelas»da javob qaytarish uchun to‘rtta imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo Alisson Maykl Olise va Odsonn Eduarning zarbalarini qaytarib qoldi. Konor Gallaxernin bosh bilan bergan zarbasi darvozasi yonidan o‘tib ketgan bo‘lsa, Mateta qanchalik noaniq zarba berganiga guvoh bo‘ldi.


Ularning bosimi 55-daqiqada o‘z so‘zini aytdi. Jefri Shlyuppning himoyadan tezda to‘pni Matetaga uzatmasi va Mateta ham o‘z say-harakatlari evaziga Eduarni bo‘sh qolgan darvozaga gol urishi uchun imkoniyat yaratib berganini ta’kidlash kerak.


Ammo, londonliklar oldingi imkoniyatlardan foydalana olishmagani uchun afsuslanishga majbur bo‘lishdi. 89-daqiqada Visente Guaitaning Diogu Jotaga qo‘polligi natijasida yuzaga kelgan penaltidan Fabinyo unumli foydalandi va mersisaydliklarning g‘alabasini ta’minlab beruvchi golga muallif bo‘ldi.

Mazkur bahsda Alisson Bekker uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Angliya chempionati, 23-tur

"Selxurst Park", London. 23.01.2022

"Kristal Pelas" — "Liverpul" 1:3

Gollar: 0:1 – 8 van Deyk, 0:2 – 32 Oksleyd-CHemberlen, 1:2 – 55 Eduar, 1:3 – 89, penalti Fabinyo.

Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Shlupp, Xyuz (Ayyu, 77), Gallaxer, Olise, Eduar (Eze, 68), Mateta (Benteke, 77).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 90), Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabinyo, Djons, Oksleyd-CHemberlen (Minamino, 60), Firmino (Milner, 90), Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Gallaxer (49), Xyuz (61), Firmino (81), Shlupp (82), Uord (90).



Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» 48 ochko toplagan holda "Manchester Siti"ga ancha yaqinlashib oldi. Ularni 9 ochko ajratib turibdi. Bundan tashqari, «qizillar» zaxirasida yana bitta o‘yin mavjud. "Kristal Pelas" esa 24 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni band etib turibdi.


Keyingi uchrashuvlar

"Kristal Pelas" keyingi o‘yinini 9 fevral kuni safarda o‘tkazadi. Raqib 17-o‘rinda borayotgan «Norvich» jamoasi bo‘ladi. Bir kun o‘tib, ya’ni 10 fevral sanasida «Liverpul» «Enfild»da «Lester» klubini qabul qiladi.

Kristal Pelas: 9 fevral, «Norvich» (safarda)
Liverpul: 10 fevral, «Lester» (uyda)

Bahs rasmiylari

Mazkur o‘yinni Kevin Frend boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib borishdi. Uchrashuvni 25,002 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Bosh hakam: Kevin Frend
Qanot hakamlari: Adrian Xolms, Saymon Bek
Zaxira hakami: Andre Marriner
VAR: Kreyg Pouson
VAR yordamchisi: Saymn Long.

Uchrashuv statistikasi bilan tanishib oling.

To‘p nazorati: 43.4-56.6
Darvoza tomon aniq zarba: 5-7
Zarbalar: 8-14
To‘pga teginish: 611-747
Uzatmalar: 431-576
To‘p uchun kurash: 13-7
Zararsizlantirish (tozalash): 25-11
Burchak to‘plari: 2-5
Offsaydlar: 5-2
Sariq kartochkalar: 4-1
Qoida buzishlar: 12-10

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:36, 24.01.2022.
O'qildi: 2037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.