Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

APL. Konte ham uddalay olmadi - London derbisidan keyingi statistik ma’lumotlar

APL. Konte ham uddalay olmadi - London derbisidan keyingi statistik ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 23-turidan o‘ron olgan «Chelsi» hamda «Tottenxem» jamoalari o‘rtasidagi bahsda 2:0 hisobi qayd etildi. Hakim Ziyesh hamda Tiago Silvaning gollari «aristokratlar»ga uch ochko keltirdi.

Mazkur bahsni Pol Tirni boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi. Uchrashuvni stadiondan bevosita 40,020 nafar tomoshabin kuzatib borgani ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvda qayd etilgan statistik ma’lumotlar bilan tanishib oling.

 

To‘p nazorati: 64.6-35.4
Darvoza tomon aniq zarba: 7-3
Zarbalar: 15-6
To‘pga teginish: 779-520
Uzatmalar: 606-341
To‘p uchun kurash: 15-14
Zararsizlantirish (tozalash): 12-26
Burchak to‘plari: 10-3
Offsaydlar: 0-1
Sariq kartochkalar: 2-1
Qoida buzishlar: 17-14


Uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin ham bir qancha statistik faktlar yuzaga keldi.

"Stemford Bridj"da o‘tkazilgan bahs «shporlar» ustozi Antonio Konte uchun ham alohida ahamiyatga ega edi. Boisi, italiyalik mutaxassis londonliklar bilan birga ishlagan hamda 2016/17 yilgi mavsumda klubni APL chempioni qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mazkur kunga qadar shunday statistika bor ediki, bu o‘yindan keyin ham ushbu seriya davom etadigan bo‘ldi. Konte «Chelsi» sobiq bosh murabbiylari orasida klubni o‘z maydonida o‘tgan APL o‘yinlarida mag‘lub etishning uddasidan chiqa olishmagandi va kechagi bahsdan keyin ham an’ana davom etadigan bo‘ldi (7 durang, 14 mag‘lubiyat). Bunga qadar Joze Mourinyo, Rafael Benites va Karlo Anchelotti kabi mutaxassislar ham o‘zlarining ilk o‘yinlarida sobiq klublari bo‘lmish «Chelsi»ni mag‘lub eta olishmagandi, ular safiga Antonio Konte ham qo‘shildi.

 1- «Tottenxem» liga o‘yinlarida «Chelsi»ga qarshi oxirgi 32 safar o‘yinida bir marta g‘alaba qozonishga erishgan (10 durang, 20 mag‘lubiyat). O‘shanda «Tottenxem»ning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Konte «Chelsi» ustozi edi. 2018-yining aprel oyida o‘tgan bahsda «shporlar» 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

20 - «Chelsi» yarim himoyachisi Meyson Maunt Tiago Silvaning goliga assistentlik qildi va 2019-2020 yilgi mavsum startidan boshlab barcha musobaqalar davomida klub safida eng ko‘p assist (20) qayd etgan futbolchi bo‘lib turibdi. Sifat.

37 yosh, 123 kun - Tiago Silva 2013 yil fevral oyidan beri APLda gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. O‘shanda 39 yoshli Rayan Giggs "Kuins Park Reynjers" darvozasini ishg‘ol qilgandi.

501 - «Chelsi» 272 London derbisida 501-ochkosini qo‘lga kiritdi va shunday qarama-qarshilikda 500 lik marrani zabt etgan birinchi klubga aylanmoqda. Poytaxtning haqiqiy qirol jamoasi.

Ushbu statistik ma’lumotlar Opta Joe platformasidan olinganini ilova qilib o‘tish muhim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:26, 24.01.2022.
O'qildi: 2161 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик