Joriy mavsum boshidan buyon barcha o‘zbek muxlislari e’tiborini o‘zida ushlab turgan «Roma» va uning tarixi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Quyida u haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Klubning yaratilishi tarixi
«Roma» futbol klubi 1927 yilda tashkil topgan. Ushbu klubni yaratish uchun uchta jamoani birlashtirishga qaror qilingan: "Alba-audache", "Fortituda-Pro Roma" va "Roman". Bu o‘sha paytlar deyarli barcha italyan klublarida sodir bo‘lgan. Nega ular bunday qilishgan? Birinchidan, futbol geografiyasini soddalashtirish, ikkinchidan, mahalliy jamoalarning ahamiyati va dovrug‘ini oshirish uchun.
Italo Foski ismli shahs mamlakatdagi klublar assosiasiyasining bosh tashabbuskori bo‘lib, u Rimda «Jenoa», «Yuventus», «Torino» va boshqalarga qarshi kurasha oladigan, grand jamoalar bilan bosh titul uchun to‘xtovsiz kurash olib boradigan klub yaratishni xohlagan.
Italo Foski, «Roma»ning birinchi prezidenti
«Roma» rasmiy ilk uchrashuvini Vengriyaning «Uypesht» jamoasi bilan o‘tkazgan va uchrashuv 2:1 hisobida rimliklar foydasiga hal bo‘lgandi. «Roma» 1927/28 yilgi mavsumda A Ceriyada debyut qilgan. Shundan so‘ng, chempionat ikki guruhga bo‘lingan holda o‘tkazila boshlandi va har bir guruhdan eng yaxshi to‘rtta jamoa chempionlik unvoni uchun o‘zaro bahs olib borishdi. «Roma» o‘zining birinchi mavsumida guruhida sakkizinchi o‘rinni egalladi va final turniriga yo‘llanma oldi. 1929/30 yilgi mavsumdan boshlab Italiya chempionati guruhlarga bo‘linmasdan hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bu mavsumda Rim klubi «Inter», «Jenoa», «Yuventus», «Torino» va «Napoli»ga imkoniyatni boy berib, oltinchi pog‘onani egallagan.
Ilk chempionlik davri nihoyat, 1942 yilda bo‘lib o‘tdi. «Roma» o‘sha yilgi mavsumda atigi to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Mavsum yakunida to‘plar farqi 34 tani tashkil etdi. Agar «Roma» yana 3 ta gol urganida, bu ko‘rsatkich bo‘yicha chempionatning so‘nggi o‘rindagi jamoasi «Modena»ni to‘plar orasidagi faqat plyus ko‘rsatkich bilan ortda qoldirgan bo‘lar edi. Eslatib o‘tamiz, «Modena» o‘sha mavsum -36 to‘plar nisbatiga ega bo‘lgan.
1941/42 yilgi mavsum chempionligi. Yevropadagi eng yaxshi performens.
«Roma» butun tarixi davomida 1984 yildagina Yevropa kubogi va 1991 yilda UYEFA kubogi finalida o‘ynagan. 1984 yili o‘shanda raqib «Liverpul» edi. Uchrashuv ekstra taymlargacha cho‘zilib, 1:1 hisobida yakuniga yetgan. Ammo «Roma» penaltilar seriyasida raqibiga 4:2 hisobida yutqazgan. Italiya klubi o‘yin boshidanoq omadsizlikka uchragan. 13-daqiqadayoq «Liverpul» gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Fil Nil Rim klubi darvozaboni xatosidan unumli foydalanib, to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, «Roma» tanaffusga qadar muvozanatni tiklashga ulgurgan. 42-daqiqada darvozaning shundoqqina tagiga uzatilgan to‘pni Roberto Prusso boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Alan Kennedi esa so‘nggi penaltini aniq amalga oshirib, «Liverpul»ga g‘alaba keltirdi.
UYEFA kubogi finalida esa Rim klubi «Inter» bilan kuch sinashgani ko‘pchilik faxriy muxlislar yodida bo‘lsa kerak. O‘shanda final ikki o‘yindan iborat bo‘lgan. Birinchi o‘yinda «Inter» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda «Roma» minimal hisobda zafar quchgan. Finalning ikki o‘yini yakuniga ko‘ra, umumiy hisob 2:1 ko‘rinishini olgan va «Inter» UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘yinda «Roma» deyarli hech qanday vaziyat yarata olmadi. Birinchi gol penaltidan kiritildi, gol muallifi - Lotar Matteus. Shundan so‘ng esa Yurgen Klinsman «Roma» himoyachilarini osonlik bilan dog‘da qoldirib, Bertiga bo‘sh darvoza tomon qulay imkoniyat yaratib berdi. Tajribali futbolchi esa albatta, vaziyatdan foydalandi. Ikkinchi o‘yinda «Roma» ko‘plab xavfli hujumlar sodir etdi, ammo 81-daqiqadagina gol urishning uddasidan chiqdi.
«Roma» - Italiyadagi eng omadsiz klublardan biri
«Roma» A Seriyada debyut qilganidan beri sovrinlar yutish borasida «Yuventus»dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Rim klubi birinchi marta 1930/31 yilgi mavsumda kumush medalni qo‘lga kiritgan, bu 1935/36 yilgi mavsumda ham takrorlandi, ammo umuman olganda, «Roma» 14 marta ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Qiziq tomoni, «Milan» va «Inter» ham xuddi shunday ko‘rsatkichga ega. «Yuventus»da -17 ta. Taqqoslash uchun: «Fiorentina» -5, «Napoli» -8, «Lasio» -3. Hammasi «Roma» A Seriyada debyut qilgan paytdan boshlab hisoblab chiqilgan natijalar. Yaqin tarix ichida «Roma» hech qanday sovrin yuta olmagan. A Seriyada klub ketma-ket uchinchi mavsumdirki, kuchli to‘rtlikka ham kira olmadi.
Joriy mavsumda jamoa Konferensiyalar ligasida o‘ynamoqda. Chempionatda sakkizinchi o‘rindan joy olgan va ayni paytda «Inter»ga qarshi 1/4 kubok final bahsini kutmoqda. Klub mavjud bo‘lgan davridan boshlab uch marta Italiya chempionati, to‘qqiz marta Italiya kubogi, ikki marta Italiya Superkubogi va B Seriya g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 1950/51 yilgi mavsumda esa quyi ligaga tushib ketgan.