Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Legionerlarimizdan daraklar: Sergeev Qozog‘iston chempionatida qoladigan bo‘ldi

Legionerlarimizdan daraklar: Sergeev Qozog‘iston chempionatida qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rossiya. «Ufa» bosh direktori Shamil Gazizovning «SE» nashriga ma’lum qilishicha, hamyurtimiz Oston O‘runov jarohat asoratlari tufayli mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. Lekin jamoa murabbiylarining yarim himoyachidan umidlari katta. «O‘runov mashg‘ulotlarda ko‘rinmayapti? Eng muhimi, uni maydonda ko‘rish. Oston kuzda jarohatlangan edi. Umid qilamizki, uni yaqin orada rasmiy o‘yinlarda ko‘ramiz. Chempionat boshlanishiga qadar safga qaytishi mumkinmi? Albatta. To‘g‘ri, hali ishlashimiz kerak», - dedi Gazizov. O‘runov RPL 16-turidan o‘rin olgan «Spartak»ga qarshi o‘yinda jarohatga yo‘liqqandi. Umuman, 21 yoshli legionerimiz joriy mavsum «Ufa»ning 7ta o‘yinida maydonga tushdi.

Saudiya Arabistoni. Mamlakat Premyer-ligasi 18-turidan o‘rin olgan «At-Taavun» - «An-Nasr» o‘yini taqdirini yagona gol hal qildi. Diqqatga sazovor tomoni, uchrashuvning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov «Nasr»ga g‘alaba keltirgan golda katta rol bajardi. Ya’ni aynan hamyurtimiz jarima nuqtasidan uzatmani amalga oshirgach, Taliska boshi bilan zarba yo‘lladi va to‘p himoyachiga tegib, darvozadan joy oldi - avtogol.

Qozog‘iston. O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeev «Tobol»dagi faoliyatini davom ettiradi. Buni futbolchining agenti Ro‘zimurod Usmonov rasman tasdiqladi: «Igor «Tobol» bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi, u klub bilan Yevropada muvaffaqiyat qozonish niyatida». Eslatma, hamyurtimiz 2021 yilgi mavsumda Qozog‘iston chempioni bo‘ldi.

Italiya. «Roma» Italiya kubogi 1/8 finalida «Lechche»ni 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Rim jamoasining 3-goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. O‘yinga 64-daqiqada qo‘shilgan hamyurtimizning harakatlari 7,4 ballga loyiq topildi («Roma» vakillari orasida 5-natija). Umuman, bu qatorasiga 8ta o‘yinda zaxiradan tushgan Shomurodov uchun «Roma» safida Italiya kubogida urilgan birinchi goldir. «Bo‘rilar» endi 1/4 finalda «Inter»ga qarshi o‘ynashadi. Shomurodov kubok bahsida yaxshi o‘ynaganiga qaramay, «Empoli»ga qarshi kechgan bahs (4:2)da zaxirada qoldirildi.

Belarus. «Energetik-BGU» Soligorskning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida hamyurtimiz Bobur Abduxoliqov qayd etgan «dubl» evaziga g‘alaba qozondi - 4:2. Alohida aytish kerak, yaqindagina «talabalar» bilan shartnomasi muddatini uzaytirgan legionerimiz Belarusning amaldagi chempioni darvozasini qandaydir 3 daqiqa ichida ikki marta nishonga oldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:12, 25.01.2022.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.