Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Tottenxem" Dias borasida "Portu" bilan muzokaralarni boshladi

"Tottenxem" Dias borasida "Portu" bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning "Portu" yarim himoyachisi Luis Diasning xizmatiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirayotgani haqida insayder Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishiga qaraganda, kolumbiyalik futbolchi londonliklar safiga ko‘chib o‘tishga va 2026 yilgacha shartnoma imzolashga qarshi emas.

"Tottenxem" endi futbolchining transferi borasida "Portu" rahbariyati bilan kelishib olishi kerak. Diasning "Portu" bilan imzolangan shartnomasida tovon puli 80 million yevro qilib ko‘rsatilgan.

"Portu" Diasni Kolumbiyaning "Xunior" klubidan 2019 yilning yozida 7,22 million yevro evaziga sotib olgan.

Ayni paytda futbolchining transfer bozoridagi narxi 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 23:43, 25.01.2022.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик