Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Lingard Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin edi

Lingard Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin edi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard ushbu transfer oynasida Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkin edi. 

"L'Equipe" xabariga ko‘ra, "Nissa" 29 yoshli angliyalik futbolchi uchun muzokaralar olib borayotgan edi, biroq transfer amalga oshmaydi, chunki ingliz klubi so‘ragan mablag‘ "burgutlar" uchun noqulay bo‘lib chiqdi.

"Manchester Yunayted" Lingard uchun 2,5 million yevro so‘ramoqda, futbolchining maoshi esa yiliga 5 million yevro. Lingardning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. Mavsum oxirida u erkin agentga aylanadi.

Lingard joriy mavsumda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:59, 26.01.2022.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик