Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 15:00 Navbahor - Andijon
30/11 15:00 OKMK - Qizilqum
30/11 15:00 Lokomotiv - Neftchi
30/11 15:00 Bunyodkor - Paxtakor
30/11 15:00 Surxon - Olimpik
30/11 15:00 Dinamo - So‘g‘diyona
30/11 15:00 Nasaf - Metallurg
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Krishtianu Ronaldu: «Tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish - faxr»

Krishtianu Ronaldu: «Tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish - faxr»

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida oxirgi 47ta o‘yinida 49ta gol urdi va eronlik Ali Dai rekordini yangiladi. Hozir uning hisobida 115ta gol bor - bu barcha davrlarda jahon milliy jamoalari libosida qayd etilgan eng yuqori natija! FIFA prezidenti Janni Infantino The Best FIFA Football Awards taqdimot marosimida Krishga maxsus sovrin topshirar ekan, buni qisqasi izohladi: «Betakror o‘yinchi uchun alohida mukofot». «Juda chiroyli, - dedi Ronaldu sovringa tikilib. - Bu tush. O‘zi jahon rekordini yangilash, 115ta gol yig‘ish haqida hech o‘ylamaganman. Endi uzoq vaqt ushlanib turgan katta rekorddan 6ta gol oldindaman. FIFAning maxsus sovrini ham g‘urur bag‘ishlaydi». Ronaldu sahnadan tushgach, xursand­chilikni davom ettirib, yana bir qator mavzularda fikr bildirdi.

***

- G‘oyat mamnunman. Tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish - alohida faxr. Barcha davrlarning birinchi raqamli goleadoriga aylanish - ajoyib. Avvalo, 2004 yildan hozirgacha terma jamoada men bilan birga o‘ynagan futbolchilarga alohida rahmat aytishim kerak. Albatta, turmush o‘rtog‘im, yaqinlarim va farzandlarimga ham.

***

- Jon kuydirmasangiz, hech narsaga erisholmaysiz. 18 yoshda yuksak saviyada o‘ynay boshladim va 15-16 yildan buyon yuqori pog‘onadaman. Bu katta fidoyilik, ishtiyoq, ambisiya samarasidir. Muhimi, hamon futbolga ishtiyoqim baland. Hattoki, mashg‘ulotlardan ham rohatlanaman. Men uchun motivasiya hamon maydonda. Yaqinda 37 yoshga to‘laman, asosiysi, hamon g‘ayratga to‘laman. 18 yoshdan buyon tinmay ter to‘kyapman va bunda bardavomman. Asosiy sir - futbolni yaxshi ko‘raman. Ko‘pchilik yana necha yil o‘ynashim haqida so‘raydi. Umid qilamanki, yana 4-5 yil yuqori saviyada to‘p surishga kuch topaman.

***

- Butun Portugaliyani faxrlantirayotganimni bilaman. Bu mukofot vatandoshlarim va mamlakatim uchun ham. Terma jamoada o‘ynay boshlaganimdan buyon muxlislar bergan motivasiyani alohida qadrlayman. Mamlakat bayrog‘i va oilangiz uchun o‘ynash hamisha yoqimli. Har safar Portugaliya termasi libosini kiyganimda, o‘zgacha haya­jon va baxtni tuyaman. Bu ajib va tengi yo‘q tuyg‘u.

***

- Ha, bilaman, Portugaliya termasi oldida 2ta o‘ta og‘ir o‘yin bor - JCH-2022 saralashi «pley-off» sinovi. Umid qilamanki, aynan 2ta o‘yin bo‘ladi. Qiyin, juda qiyin. Har qanday natija qayd etilishi mumkin. Qur’a biz uchun ancha murakkab raqiblar tortiq etdi. Lekin bu futbolning bir qismi. Futbol - chaqiruv. Umid qilamanki, janglarga to‘liq tayyor bo‘lamiz.

***

- Ketma-ket 17 yil davomida FIFAning FIFPro World XI ovoz berish jarayoniga qo‘shilganim? Buning sababini jurnalistlardan so‘rash kerak. Natijalarim o‘z ishimni qanday bajarayotganimni ko‘rsatib turibdi. Shu ruhda davom etishim, odamlar, butun dunyodagi muxlislar va oilamni xursand qilishim uchun bundan yaxshi motivasiya yo‘q. Demak, davom etaman, chunki hali ham odamlarni quvontirishga qodirman va bundan baxtliman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:21, 26.01.2022.
O'qildi: 2815 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.