Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Dinamo» bosniyalik forvard bilan shartnoma imzoladi

«Dinamo» bosniyalik forvard bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi seleksiya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi safiga Bosniya va Gersogovina mamlakatidan Aleksandar Glishich kelib qo‘shildi. 29 yoshli forvard jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun taklif etilgan. Bosniyalik hujumchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

1992 yilda tug‘ilgan Glishich faoliyatini 2011 yilda Bosniyaning «Srvena Zemlya» klubida boshlagan bo‘lsa, 2015-2018 yillar davomida «Radnik» klubi sharafini himoya qilgan. 2019 yil Armanistonning «Banans» klubiga o‘tgan Aleksandar yarim mavsumdan keyin mamlakat chempioni «Alashkert»dan taklif olib, so‘nggi bir yarim yilda Yerevan klubi safida Armaniston Premyer-ligasi chempioni, kubogi va Superkubogi g‘olibiga aylangan. «Alashkert» safida jami 48 o‘yinda 15ta golga mualliflik qilgan.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:01, 26.01.2022.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик