"Barselona" o‘zining rasmiy saytida 1 fevral kuni sobiq prezident Xosep Mariya Bartomeu boshqaruvidagi klub rahbariyatiga nisbatan o‘tkazilgan tergov natijalarini e’lon qilishini ma’lum qildi.
“Tekshiruv davomida aniqlangan barcha natijalar mahalliy prokuraturaga yuboriladigan bayonnomaga kiritiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Bartomeu 2014 yilning 23 yanvaridan 2020 yilning 27 oktyabriga qadar “Barselona” prezidenti lavozimida ishlagan.
2021 yilning mart oyida Joan Laporta klub prezidenti bo‘ldi.