Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

O‘zbekistonda ayollar jamoalarida yosh o‘rinbosarlarga munosabat qanday?

O‘zbekistonda ayollar jamoalarida yosh o‘rinbosarlarga munosabat qanday?

Baho:
+ | -

Superliga, Pro va Birinchi liga jamoalari tarkibiga futbolchi jalb etish masalasida katta muammoga duch kelinmaydi. O‘z klubi qoshidagi akademiyalar, Olimpiya zaxiralari kollejlari, ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, viloyat, shahar va tumandagi BO‘SM futbol bo‘limlari, futbol maktablari. Istagancha iste’dodni kashf etish imkoniyati mavjud. Xo‘sh, ayollar jamoalari futbolchi qizlarni qayerdan topishadi? O‘z tarkibini mahoratli va tajribali futbolchilar bilan to‘ldirish uchun qayerga, kimga murojaat etishadi?

Shu paytgacha va ayni damda ham ayollar futbolida faqatgina “Sevinch” va AGMK-W jamoasida maxsus qizlar futboli guruhlari faoliyat yuritadi. Ayniqsa “Sevinch”ning shon-sharaflarida o‘z jamoasi qoshida ish olib borayotgan bir emas, bir nechta guruhlarning o‘rni katta. Avlodlar almashuvi davrida katta to‘siqqa duch kelinmaydi. Shuning uchun ham “Sevinch”da necha avlod almashgani bilan jamoa hali biron mavsum sovrinsiz qolganicha yo‘q. Maqsadi esa hamisha oliy – faqat chempionlik. AGMK-Wda yosh futbolchilarga e’tibor berila boshlaganiga 4-5 yil bo‘ldi, o‘sha yillarda futbolda “tetapoya” qila boshlagan yosh qizlar bugun asosiy tarkibga da’vogar. Amaldagi chempion “So‘g‘diyona-W” klub qoshida maxsus guruh ochish davr talabi ekanligini tushunib yetdi. Boshqalarga nisbatan esa bu borada iliq so‘z aytish mushkul. Shunday ekan, yuqoridagi savolga qaytamiz: ayollar jamoalariga to‘p tepishni biladigan qizlar qayerdan kelishyapti? Ikki karra bronza medali sohibi, amaldagi oltin medal egasi “So‘g‘diyona-W” misolida javob izlaymiz.

2021 yilga qadar jamoa yoshlarga u qadar e’tibor bermagan. Asosiy tarkibini kuchaytirish evaziga sovrinlarni qo‘lga kiritib keldi. 2021 yilgi mavsumda O‘zPFL 16 yoshlilar musobaqasini o‘tkazdi. 16 yoshli qizlar bevosita ayollar jamoalari qoshida tashkil etilishi va musobaqada shu jamoa sharafini himoya qilishi zarur edi. Ana o‘shandagina “So‘g‘diyona-W” klubi rahbariyati (bu gap deyarli barcha klublarga tegishli) tushunib yetdiki qanday bo‘lmasin yoshlar jamoasini tuzish lozim. Klub tashabbusi va viloyat futbol assosiasiyasi hamkorligida viloyat miqyosida qizlar turniri tashkil etildi. Deyarli barcha shahar va tumanlardan 14 ta jamoa ishtirok etdi. O‘sha jamoalar ichidan ma’qul ko‘rilgan 16 nafar qiz tanlab olindi va “So‘g‘diyona-W” tarkibiga kiritildi. To‘g‘ri, jamoa Respublika musobaqasida o‘z guruhidan chiqa olmadi, lekin shu qizlar keyingi taqdirini futbol jamoasi bilan bog‘ladi. Ayni paytda aynan shu qizlar jamoa qoshida, o‘rinbosarlar sifatida mashg‘ulotlarda qatnashyapti. Darya Telesheva kabi yana uch nafar qiz esa “So‘g‘diyona-W” ayollar jamoasining asosiy tarkibi bilan shug‘ullanyapti.

2022 yil 8 mart bayramiga bag‘ishlab yana viloyat miqyosida musobaqa uyushtirish va u yerdan ham mahoratli qizlarni yosh guruhlarga jalb etish rejasi bor. Shu tariqa “So‘g‘diyona-W” jamoasi o‘z tarkibida 10, 12 va 14 yoshli guruhlarini shakllantirib olishni maqsad qilyapti.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 16:50, 27.01.2022.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.