Kataloniyaning «Barselona» klubi «Vulverxempton» yarim himoyachisi Adama Traorening transferi borasida jiddiy ish olib bormoqda.
The Athletic nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, ertaga - 28 yanvar kuni 26 yoshli yarim himoyachi "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Avvalroq, futbolchini keyinchalik 35 million yevro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga olayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.