Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Chelsi» ustidan shikoyatlar ortib bormoqda, kichik muammo e’tibordan chetda qolgan

«Chelsi» ustidan shikoyatlar ortib bormoqda, kichik muammo e’tibordan chetda qolgan

Baho:
+ | -

Premyer-liganing ayrim klublari «Chelsi»ning kiyinish xonasidagi muammolar haqida tinmay shikoyat qilishmoqda. Bu yerda gavjumlikka alohida urg‘u berilgan, «Liverpul» shtabi «ko‘klar»ni ommaviy ravishda kovid tarqatayotganlikda ayblamoqda.

«Chelsi» mehmon jamoaning kiyinish xonasini kengaytirishga majbur bo‘lyapti. The Athletic xabariga ko‘ra, vaziyat ancha jiddiylashgan. «Liverpul» va «Brayton»ning murojaatlari buning ommalashishiga sabab bo‘ldi. Ular Stamford Bridjdagi kiyinish xonasi liganing koronavirus protokoli qoidalariga mos kelmaganidan norozi.

Ancha kichik bo‘lgan kiyinish xonasi «Liverpul»dagi koronavirus bilan bog‘liq holatlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. «Qizillar» 2 yanvar kuni «Chelsi» maydoniga safar qildi va keyinchalik juda jiddiy vaziyatga tushib qoldi. Londonga safardan oldin ham virus xavfi ancha xavotirli edi: kovid tufayli uch asosiy o‘yinchi va hatto Yurgen Klopp ham o‘yin oldidan kasallanishdi. «Chelsi» bilan o‘yindan so‘ng bu vaziyat o‘zining top nuqtasiga chiqdi. Xodimlar va futbolchilarning topshirgani naq 14 ta testi ijobiy chiqqan. Tuxel jamoasiga qarshi o‘yinda Klopp o‘rniga jamoani maydonga boshlab tushgan Pep Linders ham kasallikka chalindi. Kovid tarqalishi sababli «Liverpul» Liga kubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinni 6 yanvar kuni o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi. Ushbu so‘rov ma’qullandi, ammo yoshlar jamoasi 9 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida «Shrusberi» bilan o‘ynashi kerak edi. «Liverpul» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Shrusberi»ga qarshi o‘yindan so‘ng qiziqarli voqealar boshlandi. Kloppning aytishicha, yaqin kunlar ichida deyarli barcha o‘yinchilar maydonga qaytishadi: "O‘tgan hafta bizda yoppasiga kovid epidemiyasi boshlandi, ammo natijalarning aksariyati keyinchalik noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Virusni aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan va o‘ynashi kerak bo‘lganlarga ham ruxsat berilmadi”, deb tushuntirdi Yurgen. Bunda Faqat Trent kasal bo‘lganligi qayd etildi.

Yurgen Kloppning jahlini chiqargan narsa bu tashkilotchilik bilan bog‘liq edi. Virusning ko‘payib ketishiga aynan «Chelsi» rahbariyati katta «hissa qo‘shgan». Klubning ancha kichik bo‘lgan kiyinish xonasi tufayli u yerdagi kishilar soni keskin ortib ketgan. Hatto yordamchi murabbiy Pep Linders uchun alohida xona berilmagani sababli o‘z futbolchilari bilan bir xonada o‘tirishga majbur bo‘lgan. Bu kulgili albatta. «Stemford Bridj»da mehmonlar murabbiyi uchun oddiygina alohida xona mavjud esmas!

«Chelsi» stadioni koronavirus uchun tatbiq etilgan yangi qoidalarga mos jihozlanmagan va bu yerda virus yuqtirib olish xavfi ancha yuqori. Athletic nashrining yozishicha, «Liverpul» mutasaddilari maxsus shamollatish tizimi va ayol xodimlar uchun alohida xonalarning yo‘qligidan hayratda qolishgan. Klub bunday sharoitlarni g‘ayritabiiy deb hisoblaydi. «Chelsi»ning mehmon jamoa uchun mo‘ljallangan kiyinish xonasidan shuningdek, «Sautgempton» va «Brayton» murabbiylari ham shikoyat qilishdi.

«Chelsi» hech qachon mehmonlarni juda yaxshi sharoitda kutib olmaganlikda ayblanmoqda. 2020 yilgi pandemiya davrida klub kiyinish xonasini shimoliy tribunaga ko‘chirgan. O‘shanda ko‘pchilik uning maydondan juda uzoqda ekanligidan g‘azablandi. «Biz tanaffusdan deyarli uch daqiqa o‘tib u yerga kirib bormoqdamiz», - deydi «Sautgempton» bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl 2020 yil oktyabr oyida bo‘lgan o‘yindan so‘ng. «Zinadan yuqoriga, keyin esa pastga tushib, keyin esa yana boshqa yo‘llar... Ochig‘i, bu haqida gapirgim kelmaydi. Tanaffusda jamoangizga maslahat bermoqchi bo‘lsangiz, buni imkon qadar tezroq qilishga harakatlaning. Mezbon tashkilotchilar bizga aynan shunday buyruqni berishadi, bu esa menga yoqmaydi».

«Kiyinish xonalari juda uzoqda - ularga borish ko‘p vaqt talab etadi. Bu yerda hech qanday qulaylik yo‘q», - deydi «Brayton» murabbiyi Grem Potter yaqinda bergan intervyusida.

Temir yo‘l barcha muammolarga sababchi sifatida aytilmoqda. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri sharqiy tribunaning orqasida joylashgan va «Chelsi»ga jamoa pandemiyadan oldin foydalangan eski kiyinish xonalarini kengaytirish va yangilash imkonini bermaydi. Bu borada vaqtinchalik yechim topilgan bo‘lsada, «Chelsi» jurnalistlar uchun berilgan zonani ham qurbon qilishiga to‘g‘ri keldi. Stadionning noto‘g‘ri joylashuvi muammolarni yanada keskinlashtirishi mumkin. Mehmonlar kiyinish xonasini kengaytirish uchun klub matbuot markazidagi joyning bir qismini olishga majbur bo‘ldi. Biroq bu yuqoridagi klublarning talabiga javob berishi uchun ancha vaqt ketishi mumkin.

Kiritildi: 00:13, 29.01.2022.
O'qildi: 2629 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.