Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Inter" futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi

"Inter" futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» yarim himoyachisi Stefano Sensi «neradzurri» safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun «Sampdoriya» jamoasiga ijara asosida o‘tdi, deb xabar bermoqda Calciomercato.

26 yoshli italiyalik yarim himoyachi ushbu mavsumda Simone Indzagi qo‘l ostida barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Stefano mavsum boshida jarohat olib, yettita o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Jarohatidan tiklanganidan keyin esa italiyalik murabbiyning ishonchiga kira olmadi.

«Sampdoriya» futbolchini keyinchalik sotib olish huquqiga ega bo‘lmadi va shu mavsum yakuniga yetgach, Sensi «Inter»ga qaytadi. Ushbu transfer yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinadi.

Kiritildi: 01:38, 29.01.2022.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик