Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Valensiya" va "Roma" futbolchi almashishi mumkin

"Valensiya" va "Roma" futbolchi almashishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Valensiya” va Italiyaning “Roma” klublari o‘zaro o‘yinchi almashishi mumkin, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Manbaga ko‘ra, "ko‘rshapalaklar" hujumchisi Gonsalo Gedesh Rimga, hujumchi Karles Peres esa "Valensiya" safiga qo‘shilishi mumkin. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi portugaliyalikning xizmatlariga qiziqmoqda.

Gedesh 2018 yildan beri doimiy ravishda "Valensiya"da o‘ynab kelmoqda va u yerga "PSJ"dan 40 million yevro evaziga o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Peres 2020 yildan beri "Roma"da o‘ynab kelmoqda, u "Barselona"dan 12,5 million yevro evaziga o‘tgan.O‘yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Transfermarkt ispaniyalik futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 00:48, 30.01.2022.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик