Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rafael Nadal — Australian Open - 2022 chempioni

Rafael Nadal — Australian Open - 2022 chempioni

Baho:
+ | -

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnir 20 karra chempioni ispaniyalik Rafael Nadal 2022 yilgi Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib chiqdi.

Australian Open - 2022 turnirining hal qiluvchi bahsida 35 yoshli Nadal qiyin kechgan bahsda dunyoning ikkinchi raketkasi rossiyalik 25 yoshli Daniil Medvedevni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Medvedev birinchi 2 setda g‘olib chiqdi — 6:2, 6:7. Shundan so‘ng Nadal keyingi 3 ta setni o‘ziniki qildi 6:4, 6:4, 7:5. Final bahsi 5 soat davom etdi.

E’tiborli jihati, shu paytgacha Nadal Melburnda faqat bir marta, 2009 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yilgi Australian Open turnirida dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich g‘alaba qozongan edi. O‘tgan yilgi finalda u Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi. Jokovich viza mojarosi va keyinchalik deportasiya tufayli joriy mavsum turnirda ishtirok eta olmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:20, 30.01.2022.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик