Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Unai Emeri «Tottenxem» yarimhimoyachisini jamoasida ko‘rmoqchi

Unai Emeri «Tottenxem» yarimhimoyachisini jamoasida ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi «Tottenxem» yarimhimoyachisi Jovani Lo Chelsoni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Argentinalik futbolchiga «sariq suv osti kemasi» bosh murabbiyi Unai Emerining shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano tvitter sahifasida xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, avvalroq Lo Chelso Fransiyaning «Lion»iga o‘tishdan bosh tortgan. Hozirda «Vilyarreal» «Tottenxem» bilan mumkin bo‘lgan kelishuvning tafsilotlarini, jumladan, argentinalik yarimhimoyachining maoshini muhokama qilmoqda. Ingliz klubi Lo Chelsoni ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor.

25 yoshli Lo Chelso 2019 yil avgust oyida «Real Betis»dan «Tottenxem»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda argentinalik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 20ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Lo Chelsoning shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 15:52, 31.01.2022.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик