Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

2022 yilgi O‘zbekiston Superkubogiga Yaypan mezbonlik qiladi

2022 yilgi O‘zbekiston Superkubogiga Yaypan mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 27 fevral sanasida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi avvalroq xabar berilgandi. Unda O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” mamlakat kubogi sohibi “Nasaf”ga qarshi saf tortadi.

Bir yil avval ham mazkur jamoalar ishtirokidagi uchrashuv futbol mavsumini boshlab bergan va o‘yinga Samarqand mezbonlik qilgandi. Bunda maydon har ikki klub uchun neytral bo‘lishi masalasi kun tartibiga qo‘yilganini qayd etish kerak.

Qarshi va Toshkent uchun neytral arena sifatida yana Samarqand shahrini tanlab olish to‘g‘ri bo‘lmasdi. Boisi, mazkur shahar 2021 yilgi mavsumda ikki katta futbol uchrashuviga mezbonlik qildi. Jizzaxdagi stadionda esa maysa holatini yaxshilash ishlari davom etmoqda. Vodiyga nazar solinsa, ayni vaqtda Namangan va Yaypandagi stadionlar talabga javob beradi. Biroq ikki yil avval Namangan ham katta futbol uchrashuvini qabul qilgan.

O‘tgan mavsum Yaypanning “Turon” futbol klubi o‘z arenasini qayta rekonstruksiya qildi. Shuningdek, klub qisqa fursat ichida o‘z projektorlarini OFK talab qilgan minimum ko‘rsatkichlarga keltira oldi. Shundan kelib chiqilsa, mazkur arena ham endilikda katta uchrashuvlarga mezbonlik qilishga tayyor. Natijada O‘FA hamda O‘zPFL o‘zaro fikr almashib, Superkubok uchrashuvini Yaypanda tashkil qilishga qaror qildi.

“Turon” futbol klubi va O‘zPFL Superkubok masalasida kelishib oldi. Endilikda ushrashuvni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan hamkorlikda ish olib boriladi.

27 fevral kungi bellashuv 16:00 da start oladi. O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiluvchi arena nomiga esa kubok bellashuvlariga qur’a tashlash marosimida oydinlik kiritiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 15:57, 31.01.2022.
O'qildi: 2290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.