Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal. O‘zbekiston Fransiya darvozasiga 7ta gol urdi

Futzal. O‘zbekiston Fransiya darvozasiga 7ta gol urdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar ham yevropaliklar 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi.

Fransiyaliklar birinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasini juda yaxshi o‘tkazishdi va 4ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishdi. Vakillarimiz tanaffusgacha bo‘lgan 5 daqiqa ichida Fransiya darvozasiga 3 marta yo‘l topishdi.

Ikkinchi taym deyarli shunday ssenariy ostida kechdi. Terma jamoamiz bu safar raqib darvozasiga 4 marta yo‘l topgan bo‘lsa, "uchranglilar" 5ta gol muallifiga aylanishdi. Yakuniy hisob — 7:9.

Davron Choriyev "poker"ga erishgan bo‘lsa, Husniddin Nishonov dublni rasmiylashtirdi. Yana bir gol Anasxon Rahmatov hisobiga yozildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston - Fransiya - 7:9 (3:4)
Gollar: Mamadu Ture (7ʼ), Muhudun Suhel (7ʼ, 35ʼ), Zakehi Runni (14ʼ, 21ʼ),  Muhammad Abdusamad (15ʼ), Menendez Nikolas (26ʼ), Markuyt Luis (29ʼ), N'gala Landri (37ʼ) — Anasxon Rahmatov (15ʼ), Husniddin Nishonov (16ʼ, 17ʼ), Davron Choriyev (28ʼ, 33ʼ, 39ʼ, 40ʼ).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:30, 31.01.2022.
O'qildi: 12466 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик