Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Barselona» Obameyangning transferini bugun e’lon qiladi

«Barselona» Obameyangning transferini bugun e’lon qiladi

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang "Barselona" futbolchisiga aylanadigan bo‘ldi. Gabonlik futbolchi "Kamp Nou"ga ijara asosida emas, to‘laqonli transfer qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda "Goal" nashri va jurnalist Fabrisio Romano xabar tarqatdi.

Transfer oynasining so‘nggi kunida 32 yoshli futbolchining maoshi bilan bog‘liq muammo tufayli kelishuv barbod bo‘lishga yaqin turgandi. Ammo tomonlar so‘nggi pallada ushbu masalasini hal etishga muvaffaq bo‘lishgan. "Arsenal" va Obameyang o‘rtasidagi shartnoma butunlay bekor qilinadi. Shunga qaramay, "kanonirlar" futbolchi maoshining bir qismini to‘lashda davom etishadi. Bu orqali londonliklar ma’lum summani tejab qolishadi.

Pyer-Emerik kecha tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Qoidaga ko‘ra, erkin agent hisoblangan futbolchini transfer oynasining so‘nggi kunida ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas. Shu bois, "Barselona" Obameyang bilan shartnoma imzolagani haqidagi xabar 1 fevral kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:22, 01.02.2022.
O'qildi: 5344 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик