Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Qishning eng yaxshi transferi

Qishning eng yaxshi transferi

Baho:
+ | -

Qishning eng yaxshi transferi, menimcha, Kristian Eriksenning “Brentford”ga o‘tishi, ya’ni APLga, futbolga qaytishi. “A Seriya” qoidalariga ko‘ra, yurak defibrillyatori bilan o‘ynash mumkin emas, Angliyada esa, bunday cheklov yo‘q.

Bu transferda har tomondan e’tiborga arzirli jihat bor. Emosional nuqtai nazardan – Eriksen yozda Yevro o‘yinida bir o‘limdan qolgan edi. Shunday hikoya bilan yana maydonga qaytish ajoyib voqea.

Ikkinchidan, “Brentford” APLdagi eng “daniya” klub. Tarkibda yetti nafar daniyalik futbolchi bor, shuningdek, bosh murabbiy Tomas Frank ham o‘sha yerdan. Murabbiy Eriksen bilan eng boshidan tanish – futbolchi 2008-09 yillarda Daniya o‘smirlar terma jamoasida to‘p surgan paytlarda aynan Tomas Frank jamoani boshqargan. Ushbu transferda hal qiluvchi rollardan birini aynan shu faktor o‘ynagan bo‘lishi shubhasiz.

Va uchinchidan, agar futbol, uslub nuqtai nazaridan qaralsa, “Brentford” Eriksen uchun eng teskari jamoa bo‘lishi kerak. Eriksen ko‘proq “Siti”, “Arsenal” yoki “Brayton” kabi tashabbuskor va qisqa paslar bilan o‘ynaydigan jamoalarga mos keladigandek. “Brentford” esa, jismoniy kurash, tezlik va standart vaziyatlarni o‘ziga qurol qilib olgan. Eng qizig‘i ham shunda – Eriksen jamoaga aynan yetishmayotgan jihatni taqdim etishi lozim. O‘yin tempini boshqarish, aql qo‘shish, jamoa o‘yinini to‘g‘ri yo‘naltirish borasida Eriksen juda mohir futbolchi. Ya’ni uslubga mos bo‘lmaslik aksincha, jamoaga ko‘proq foyda keltirishi va o‘yinni muvozanatga keltirishi mumkin.

“Brentford” mavsumni yaxshi boshlaganda, ko‘p raqiblar jamoani to‘g‘ri baholay olmagan, qaysidir ma’noda syurpriz bo‘lgandi. Keyin esa, hamma o‘rganib oldi, “Brentford”da pasayish kuzatildi – oxirgi 8 o‘yinda 7 mag‘lubiyat. Tajribali futbolchini taklif qilishning ayni vaqti.

“Brentford” standart vaziyatlardan unumli foydalanish va xavf yaratish borasida APL da yetakchi sanaladi. Eriksen esa, standart vaziyatlar ustasi, bu ham ayni muddao.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 07:00, 01.02.2022.
O'qildi: 5782 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик