Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Cho‘qqi

Cho‘qqi

Baho:
+ | -

Kecha "Futbol +" dasturida Jamoliddin Bobojonov men qo‘shilgan, haq deb biladiganim bir gapni aytdi. Aniq iqtibos keltirolmayman, lekin ma’no bunday — vaqtida keta bilish bu har kimning ham qo‘lidan kelmaydigan jasorat va balki qahramonlik.

Anchadan beri shu fikr xayolimga kelardi-yu, unga dastak bo‘ladigan arzirli misolni eslab topolmayotgandim. Jamoliddin aka buni ham keltirdi — Zinedin Zidan.

Chindan ham Zizu futbolchi sifatidagi faoliyatida o‘yini eng cho‘qqiga chiqqan davrda "butsani mixga ildi". 34 yoshda edi. Kamida yana 3-4 yil yomon bo‘lmagan darajada, ehtimol (nisbat berib aytilsa) yuqori darajada to‘p tepgan bo‘lardi. Mana bugungi kun yulduzlarini oling, ko‘rinishidan ular uddalayotgandek, go‘yo (hozircha anavi ikki "o‘zga sayyoralik"ni qo‘shmaymiz, mayli). "Oltin to‘p" berilmagan, "The Best" ikki marotabalab berilgan Robert Levandovski 34, bemalol personal sovrin yutishi mumkin bo‘lgan Karim Benzema 35 yoshga to‘ladi bu yil. Ko‘rinishidan yomonmas.

Ammo buning ziddi o‘laroq, o‘nyillik davomida barchani samoviy o‘yin darajasiga o‘rgatib qo‘yganlar va bugun endi asta-asta pasayish davrini boshlaganlar ham bor-da.

Yo‘q, Zidan qilgan ishni hamma yulduz qilishi to‘g‘ri bo‘ladi, deyishdan yiroqman. Aytmoqchi bo‘lganim, Zinedin tanlagan yo‘l ham mavjud variantlar ichida bor. Va endi tasavvur qilib ko‘ring, futbol degan o‘yinga ta’siri jihatdan Zidandan o‘tib ketganlar vaqtida, cho‘qqida ekanlarida qaror qabul qilsalar bormi... nima bo‘ladi, bilasizmi?

Eng kamida qandaydir kuboklardagi nursiz ishtirok yoki chempionatdagi to‘rtlik bizni bosh maqsadimiz degan ohangdagi xabar va gaplar eshitmaysiz u tarafdan.

Albatta, balki hali cho‘qqining eng yuqori nuqtasi oldindadir. Balki, Sankt Peterburg degan shaharda, netongki, Qatar degan yurtda o‘sha cho‘qqi zabt etilar va so‘ng Zidan tanlagan yo‘lga murojaat etilar.

Eslayman, SAFning iste’fosi haqida o‘ninchi yillar ko‘p aytilardi, o‘zi ham o‘sha vaqtlarda ketishga tayyor edi. Biroq qariya ketish chiroyli bo‘lishini ko‘proq istardi. Menimcha u yana bir bor CHLda g‘olib bo‘lib ketishni istagan. Lekin, bu natija tobora qiyinlashib, imkonsiz bo‘lib borayotganini sezgan Fergi 2013 yil APL chempionligidan so‘ng murabbiylikdan ketgan. Chiroyli ketgan.

Yakun chiroyli bo‘lishini barchaga nasib qilsin (muhimi, o‘ta muhimi shu).

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:34, 01.02.2022.
O'qildi: 3355 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.